21:12 / 08.11.2019
0
2915
AQSh Xitoy mahsulotlariga boj kiritishni ortga surishi mumkin
Foto: REUTERS

AQSh prezidentining savdo siyosati bo‘yicha maslahatchisi Piter Navarro Qo‘shma Shtatlar Xitoyga nisbatan 15 dekabrga rejalashtirilgan bojlar joriy etilishini kechiktirishi mumkin.

"Hozirda 15 dekabrda kiritilishi lozim bo‘lgan bojlar kun tartibida turibdi. Biz boj kiritilishini kechiktirishimiz mumkin – bu yana prezidentga bog‘liq", - dedi Navarro NPR radiostansiyasi orqali chiqishida.

Shu bilan birga Navarro amaldagi bojlarni bekor qilish to‘g‘risida gap ketmayotganini bildirib o‘tdi.

Xitoy va AQSh 16 oydan buyon "savdo urushi" holatida. Ikki davlat bir-biriga nisbatan bir necha marta savdo bojlarini kiritdi va oshirdi.

Dunyoning yirik iqtisodiyotlari o‘rtasidagi savdo nizosi umumiy iqtisodiy o‘sishga kuchli ta'sir ko‘rsatdi. Shu oyda ikki davlat savdo kelishuvining birinchi qismini imzolashi kutilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top