08:46 / 08.11.2019
2
7349
Yaponiya kompaniyasi Toshkentda eskirgan quvurlarni yerdan chiqarmay turib ta'mirlash bo‘yicha taklif berdi
Foto: Toshkent shahar hokimligi

Toshkent shahar hokimligida Yaponiyaning Shimizu Corporation kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Shimizu Corporation'ning xalqaro hududiy menejyeri Ivata Takashi kompaniya O‘zbekiston poytaxtidagi sharoit va imkoniyatlarni o‘rganib chiqqanligi ma'lum qilib, o‘zaro hamkorlik yuzasidan bir qancha loyihalarni taklif etdi. 

Yaponiya kompaniyasi shahardagi tozalash inshootlarining ishini yanada yaxshilash uchun eskirgan quvurlarni yerdan chiqarmay turib ta'mirlash hamda oqava suvlarni membranali tozalashga mo‘ljallangan loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha taklif berdi.

Shuningdek, Yaponiya delegatsiyasi tomonidan ma'lum bir tuman yoki dahada issiqlik ta'minoti tizimini modernizatsiya qilish, “Sergeli siti” qurilishida ishtirok etish, quyoshli panellar o‘rnatilgan, tejamkor avtobuslarni joriy qilish va jamoat transportini boshqarish tizimini optimallashtirish masalasida hamkorlikda ishlashga qiziqish bildirildi.

Uchrashuv yakunida ikki tomon ham hamkorlikning amaliy bosqichiga qadar muloqotlar davom etishini ta'kidlab o‘tdi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top