22:49 / 09.11.2019
0
5261

Bag‘dod markazida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi

Sky News Arabia telekanali ma'lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlar bor.

Xavfsizlik kuchlari Bag‘dod markazidagi Tahrir maydonini namoyishchilardan tozalashga uringan vaqtda namoyishchilar va politsiya xodimlari o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Bu haqda Sky News Arabia telekanali xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, kuch tuzilmalari xodimlari ko‘zdan yosh oqizuvchi gazlardan foydalanmoqda. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, politsiya namoyishchilarga qarshi jangovar patronlar qo‘llamoqda.

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, tartibsizliklar davomida besh nafargacha kishi halok bo‘lgan. 

Telekanalning ma'lumot berishicha, mamlakatda internet tarmog‘i o‘chirib qo‘yilgan.  

Iroqda oktabr boshidan buyon turmush tarzining yomonlashishi, ishsizlikning o‘sishi va korrupsiyaga qarshi namoyishlar bo‘lmoqda. Namoyishchilar hukumat iste'fosini va muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishini talab qilmoqda.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top