10:28 / 09.11.2019
0
14077
Namanganda avtomashina olib qochgan shaxs YTH oqibatida vafot etdi
Foto: Tergov departamenti

Joriy yilning 7 noyabr kuni soat taxminan 00:35da, 23 yoshli fuqaro N.A., mast holatda bo‘la turib, o‘zining tanishlari 24 yoshli U.K. va 23 yoshli R.T.lar bilan birgalikda Namangan shahar Porloq mahallasida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro A.T.ga tegishli bo‘lgan «VAZ-21013» rusumli avtomashinani olib qochishgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular Pungon-Namangan yo‘lining 68-kilometrida boshqaruvni yo‘qotib yo‘lning o‘ng tomonidagi daraxtga urilishi oqibatida, avtomashinani boshqarib kelgan N.A. hodisa joyida vafot etgan, sheriklari esa yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi «b» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov jarayonida barcha holatlar o‘rganilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top