00:32 / 10.11.2019
2
19939

Boris Jonson mahalliy do‘konda pol artdi

Buyuk Britaniyada bir necha haftadan buyon yog‘ingarchiliklar davom etmoqda. Minglab uylarda yashovchilar evakuatsiya qilindi. Ayrim shaharlarda 24 soat ichida bir oylik me'yordagi yog‘ingarchilik kuzatildi.

Britaniya bosh vaziri Boris Jonson suv toshqinidan jabr ko‘rgan Metlok shahrida bo‘ldi va mahalliy do‘konning polini artdi. Bu haqda Sky News yozmoqda.

Jonson 8 noyabr kuni Derbishir grafligiga tashrif buyurdi. U favqulodda xizmatlar xodimlariga minnatdorlik bildirdi va hukumat suv toshqinlaridan himoya qilish uchun 2,6 milliard funt sterling ajratganini ma'lum qildi.

Shundan so‘ng Boris Jonson tabiiy ofat oqibatida bir ayol halok bo‘lgan mahalliy do‘konda bo‘ldi. U kichik nutq so‘zlaganidan so‘ng do‘kon polini artdi.
Buyuk Britaniyada bir necha haftadan buyon yog‘ingarchiliklar davom etmoqda. Minglab uylarda yashovchilar evakuatsiya qilindi. Ayrim shaharlarda 24 soat ichida bir oylik me'yordagi yog‘ingarchilik kuzatildi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top