03:00 / 10.11.2019
1
8102
Xitoy 6G tarmog‘ini yaratish ishlariga kirishdi
Foto: Twitter/PDChina

Sentabr oxirida China Mobile mobil operatorining sanoat va hamkorlik tadqiqot instituti bo‘limi boshlig‘i Yan Guan xitoylik mutaxassislar 6G texnologiyasi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazishni boshlaganini xabar qilgandi.

Xitoy oltinchi avlod tarmog‘ini yaratish sohasidagi tadqiqotlar va ishlanmalar bo‘yicha rasman ish boshladi. Ushbu maqsadda ekspertlar va tegishli muassasalar vakillaridan iborat ikkita maxsus guruh tuzildi. Bu haqda XXR fan va texnika vazirligi xabar berdi.

Xitoyda 1 noyabrdan beshinchi avlod tarmog‘idan tijoriy foydalanish boshlandi. China Telecom, China Unicom va China Mobile aloqa operatorlari hamda Xitoy Mediakorporatsiyasi 5G tarmog‘idan tijoriy foydalanish uchun litsenziya olgan.

Xitoy fan va texnika vazirligi ta'lim, sanoat va axborotlashtirish vazirliklari, islohotlar va rivojlanish qo‘mitasi hamda Xitoy fanlar akademiyasi bilan 6G texnologiyalarini yaratish ishlari bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.

Xabar qilinishicha, uchrashuv davomida 6G sohasida tadqiqotlar o‘tkazish va ishlanmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ekspertlardan iborat ishchi guruhlari tuzilgan.
Sentabr oxirida China Mobile mobil operatorining sanoat va hamkorlik tadqiqot instituti bo‘limi boshlig‘i Yan Guan xitoylik mutaxassislar 6G texnologiyasi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazishni boshlaganini xabar qilgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top