20:41 / 11.11.2019
0
23616
20 yoshli bokschi Mayk Taysonning rekord natijasini takrorlay oldi

Amerikalik bokschi Devin Xeyni dominikanlik Alfredo Santyagoni mag‘lub etib, WBC versiyasi bo‘yicha o‘rta vazn toifasida jahon chempioni unvonini birinchi marta himoyaladi. E'tiborlisi, bokschi afsonaviy Mayk Tayson kabi bunga 20 yoshida erisha oldi.

Amerikalik Los-Anjyelesdagi Staples Center’da o‘tgan jangda yetakchilik qilib, raqibini 5-raundda nokdaunga jo‘natishga ham ulgurdi. 

Xeyni uchun bu 24 ta jangdagi 24-g‘alaba bo‘ldi, Santyago esa birinchi mag‘lubiyatga uchradi.

Amerikalik bokschi afsonaviy hamyurti Mayk Taysonning natijasini qaytara oldi: 20 yoshli Xeyni 21 yoshigacha jahon chempioni unvonini himoyalay olgan 1986 yildan beri birinchi bokschi bo‘ldi. 

“Men haqiqiy chempion ekanligimni ko‘rsata oldim. Bu jang men uchun yaxshi tajriba bo‘ladi va men olg‘a harakat qilishni davom ettiraman. 2020 yilda men yetakchi bokschilar bilan jang qilmoqchiman, meni barcha chempionlik unvonlari egalari qiziqtiradi. Men ular bilan jang qilishga tayyorman va buni iloji boricha ertaroq boshlagan ma'qul”, deb aytgan bokschi.

Xeyni vaqtinchalik chempionlik unvonini sentyabrda rossiyalik Zaur Abdullayevga qarshi jangda qo‘lga kiritgan. Keyinroq u to‘laqonli chempion unvonigacha ko‘tarilgan.

Mayk Tayson ilk chempionlik kamarini 1986 yil noyabrda WBC versiyasi bo‘yicha jahon chempioni Trevor Berbikka qarshi jangda qo‘lga kiritib, og‘ir vazndagi eng yosh chempionga aylangan. O‘shanda “temir” Mayk 20 yoshda bo‘lgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top