03:10 / 11.11.2019
0
7743

A Seriya. «Yuventus» Dibalaning goli hisobiga «Milan»ni mag‘lub etdi

Foto: Twitter/JuventusFC

Italiya A Seriyasining 12-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Yuventus» o‘z maydonida «Milan»ni qabul qildi va Paulo Dibalaning 77-daqiqada kiritgan to‘pi evaziga muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. E'tiborlisi, Dibala 55-daqiqada Ronalduning o‘rniga zaxiradan maydonga tushgandi.

G‘alabadan so‘ng «Yuventus» ochkolari sonini 32taga yetkazib, yana 1-o‘ringa qaytdi. «Milan» esa 13 ochko bilan 14-o‘ringa joylashgan.

A Seriya, 12-tur

Yuventus – Milan 1:0

10 noyabr, «Alyans Stedium»
Gol: Dibala (77).
Yuventus: Shchensni, Bonuchchi, Sandro, de Ligt, Bentankur, Kuadrado, Matyuidi (Rabo, 70), Pyanich, Bernardeski (Kosta, 61), Ronaldu (Dibala, 55), Iguain. 
Milan: Donnarumma, Teo, Romanoli, Konti, Leo Duarte, Paketa (Rebich, 85), Krunich (Bonaventura, 61), Cholxono‘gli, Bennaser, Suso, Piontek (Leau, 66).
Ogohlantirishlar: Krunich (42), Bennaser (45), Kuadrado (56), Teo (89), Cholxono‘g‘li (90+1), Suso (90+1).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top