20:52 / 11.11.2019
2
16730

Pompeo: AQSh Ukrainaga ruslarga qarshi kurasha olishi uchun qurol berdi

Foto: EPA-EFE/ANDREAS GORA

AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Ukrainaga "ruslarga qarshi kurasha olishi uchun" qurol berdi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo WCSC-TV telekanaliga bergan intervyusida aytdi. 

"Hozirgi prezident Vladimir Putin ukrain xalqiga zarar yetkaza olmasligiga ishonch hosil qilmoqchi bo‘ldi, shuning uchun Ukraina xalqiga mudofaa tizimi qurollarini taqdim etdik. Avvalgi prezident ma'muriyati bunday qilmagandi. Ular adyollar taqdim etishgandi. Biz Kiyevga ruslarga qarshi kurasha olishi uchun haqiqiy qurol berdik. Men AQSh ma'muriyatining Ukrainaga nisbatan siyosatidan faxrlanaman", - dedi Pompeo.

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy «Islohotlar o‘tkazish va davlatni mustahkamlash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmas choralar to‘g‘risida»gi farmonni imzolagandi.

Unga ko‘ra, yil oxirigacha NATO va Yevropa Ittifoqi standartlariga mos keluvchi mudofaa kuchlari tizimi yaratilishi kerak. 

Zelenskiy oktabr oxirida Kiyev NATOga kirish uchun tayyorgarlikni tezlashtirishga tayyorligini bildirgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top