12:48 / 11.11.2019
0
7970

Qorako‘l terilarini yashirincha olib chiqish rejasi chippakka chiqdi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

 Bojxona organlari tomonidan bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi tizimli ravishda keskin kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan xorijga yo‘l olgan poyezd vagonlari tarkibi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

 Natijada, mazkur poyezd vagonlarining birida tambur yonidagi rakovina tagiga umumiy qiymati 20,3 million so‘mlik 29 dona qorako‘l terilari yashirilgan holda, noqonuniy olib ketilayotganligi aniqlandi.

 Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top