22:47 / 11.11.2019
0
12132

Qozog‘iston prezidenti o‘z qarorgohida elektr toki o‘chishini taftish qilishni talab qildi 

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev poytaxt Nur-Sultonda elektr ta'minotida yuz bergan avariyani taftish qilish uchun komissiya tuzishni topshirdi. Avariya oqibatida shaharning bir qismi, jumladan prezident qarorgohi, parlamentning ikki palatasi va hukumat uyi elektr tokisiz qolgan. Bu haqda Toqayevning matbuot kotibi Berik Kurmangali ma'lum qildi.  

Ta'kidlanishicha, komissiyaga bosh vazir o‘rinbosari Roman Sklyar boshchilik qiladi.

“Batafsil taftish o‘tkazish, ayblanuvchilarni topish lozim, zarurat bo‘lsa ish huquq-tartibot idoralariga topshiriladi”, deb ma'lum qilgan Kurmangali.

Toqayev, shuningdek, kelgusida bunday holatlar yuz bermasligi uchun choralar ko‘rishni buyurgan. 

10 noyabrda shaharning bir qismi podstansiyalardan birining kabel kanalidagi yong‘in tufayli elektr tokisiz qolgan. Bu tarmoqqa ulangan iste'molchilar o‘t o‘chiruvchilar xavfsizligi uchun o‘chirib qo‘yilgan. Shu sababli 9 ta ko‘p xonadonli uy, Toqayev qarorgohi, senat, majlis, hukumat uyi, vazirliklar uyi va oliy sud binolari elektr ta'minotida uzilish kuzatilgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top