10:38 / 11.11.2019
0
3679

Toshkentdagi liftlarning 3404tasi muddatini o‘tab bo‘lgan

Foto: RIA Novosti

Toshkentdagi liftlarning 3404tasi muddatini o‘tab bo‘lgan, issiqlik quvurlarining ham ta'mirtalab qismi ko‘p. Bu haqda respublika ishchi guruhining Toshkent shahar tumanlarida kuz-qish mavsumida isitish tizimi va issiqlik bilan ta'minlanish holati bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar yakuniga bag‘ishlangan yig‘ilishida aytildi.

Ishchi guruh rahbari Qudratilla Rafiqov bu yilgi kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik ancha mashaqqatli kechganligini, shu bilan birga, kamchiliklardan ham holi bo‘lmaganligini ta'kidladi.

Jumladan, poytaxtdagi 338–MTTning musiqa va cho‘milish xonalariga issiqlik quvurlari kirgizilmagan, 550-MTT hududidan o‘tgan issiqlik quvurlari eskirgan va undan suv oqmoqda. 38– umumta'lim maktabida issiqlik tizimi to‘liq ishlamayapti. Yangi o‘quv binosi uchun qurilgan qozonxona esa umuman ishlamaydi. 53-oilaviy poliklinika ham kuz-qish mavsumiga tayyor emas. 24-sonli oilaviy poliklinikaning yo‘laklardagi oynalari sinib ketgan. 

Muammolarning ayrimlariga mutasaddilarning bee'tiborligi sabab bo‘lsa, ayrim hollarda masalaning yechimi moliyaviy mablag‘ga borib taqalmoqda, - deya ta'kidladi Qudratilla Rafiqov.

Yig‘ilishda Toshkentdagi liftlarning 3404tasi muddatini o‘tab bo‘lganligi, issiqlik quvurlarining ham ta'mirtalab qismi ko‘p ekanligi aytib o‘tildi. O‘rganilgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top