22:54 / 12.11.2019
0
9666

Evo Morales Mexikoga yetib keldi

Boliviyaning sobiq prezidenti Evo Morales unga siyosiy boshpana berishga rozi bo‘lgan Meksika poytaxti Mexikoga yetib keldi. Aeroportda uni Meksika tashqi ishlar vaziri Marselo Ebrard kutib olgan.

Morales samolyot trapidan tushib, uning kelishini kutayotgan jurnalistlarga qo‘l silkitib qo‘ygan.

Morales bilan birga Meksikaga qizi Evalis, sobiq vitse-prezident Alvaro Garsia-Linera va sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Gabriela Montano ham kelgan.

10 noyabrda Boliviyaning butun oliy rahbariyati mamlakatdagi noroziliklar ortidan iste'foga ketgandi.

Keyinroq Morales Meksika unga boshpana berishga rozi bo‘lganini ma'lum qilgan. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top