09:34 / 12.11.2019
0
1764
Koreya Eksimbanki O‘zbekiston tibbiy muassasalarini 74 mln dollarlik uskunalar bilan jihozlaydi
Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

Janubiy Koreya Eksimbanki O‘zbekistonning chekka hududlaridagi 150 dan ortiq tibbiy muassasa modernizatsiyasida qatnashadi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Koreya Eksimbanki moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha direktori Chang Yun Su boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvda ma'lum qilindi.

Uchrashuv davomida tomonlar ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qiziqishi yuqori ekanligi, xususan, Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje Inning O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha bir qator mintaqaviy tibbiyot muassasalarini umumiy qiymati 74 million dollarga teng tibbiy uskunalar bilan jihozlash loyihasi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida Bayonnoma imzolandi.

Loyihaning asosiy maqsadi, respublika sog‘liqni saqlash tizimining xizmat sifatini oshirish maqsadida, viloyatlarda, asosan chekka va qishloq joylardagi 150 dan ortiq tibbiyot muassasalarini, zamonaviy yuqori texnologik uskunalar, yordamchi tibbiy materiallar va vositalar bilan ta'minlash orqali modernizatsiya qilishdan iborat.

Uchrashuv yakunida, erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha keyingi amaliy ishlar ham muhokama qilingan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top