18:34 / 13.11.2019
0
2569

Cirque du Soleil sirki asoschisi giyohvand moddalar savdosida gumonlanib qo‘lga olindi

Foto: Cirque du Soleil

Gi Laliberte Cirque du Soleil sirkiga 1984 yilda asos solgan. Uning boyligi bir milliard dollar deb baholanadi.

Kanadaning dunyoga mashhur Cirque du Soleil sirki asoschisi milliarder Gi Laliberte giyohvand moddalar savdosida gumonlanib Fransiya Polineziyasida qo‘lga olindi. Bu haqda France Info radiostansiyasi milliarderning advokatiga asoslanib xabar berdi.

"Gi Laliberte hozirda jandermeriyada saqlanayotganini tasdiqlaymiz", - deya advokat Myo Piriudan iqtibos keltirmoqda radiostansiya.

Radiostansiyaning ma'lumot berishicha, politsiya Laliberteni giyohvand moddalar ishlab chiqarish va tarqatishda gumon qilmoqda. Uning advokati bu xabarni mish-mish deb atadi va milliarderning giyohvand moddalar savdosiga hech qanday aloqasi yo‘qligini aytdi.

Gi Laliberte Cirque du Soleil sirkiga 1984 yilda asos solgan. Uning boyligi bir milliard dollar deb baholanadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top