23:57 / 14.11.2019
2
142969

2020 yilda qo‘shimcha ishlanmaydigan kun belgilandi va dam olish kunlari ko‘chirildi - Prezident farmoni

2020 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi prezident farmoni e'lon qilindi.

Unga ko‘ra, 2020 yilda 23 mart, dushanba — qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilanmoqda. Budjet tashkilotlarida bu qo‘shimcha dam olish kuni har yilgi mehnat ta'tilining davomiyligini bir ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi.

2020 yilda quyidagi dam olish kunlari ko‘chiriladi:
4 yanvar, shanba — 2 yanvar, payshanbaga;
29 avgust, shanba — 31 avgust, dushanbaga.

Hujjat bilan, 2020 yil 2 yanvar payshanba va 2020 yil 31 avgust dushanba kuni barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat'i nazar, dam olish kuni hisoblanishi belgilab qo‘yilmoqda.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga Yoshlar ittifoqi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, “Uzbekistan Airways” AJ va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bayram (ishlanmaydigan) kunlarning uzaytirilishini hisobga olgan holda, respublika aholisi uchun ichki turizm va faol dam olish yo‘nalishlarini, transport va mehmonxona xizmatlari uchun chegirmalar berilishini hamda aksiyalar o‘tkazilishini tashkil etish yuklatildi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top