Indoneziya sohillari yaqinida 7,4 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSh geologik xizmati xabar qildi.
Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 16:17da qayd qilingan. Zilzila markazi Ternate shahridan 133 km shimolda, o‘chog‘i 62 km yer ostida bo‘lgan.
Talofatlar va jabrlanuvchilar haqida xabar qilinmagan. Tsunami xavfi e'lon qilingan.