12:06 / 14.11.2019
1
19462

Kechki vaqtda ovqat yeyishning xavfi ma'lum qilindi 

Foto: Getty Images

Inson organizmi kechki vaqt yeyilgan ovqatdan to‘yimli moddalarni o‘zlashtirishga moslashmagan. Shu sababli kechki vaqt ovqatlanish zararli va ayollarda yurak kasalliklariga olib kelishi mumkin. Bu haqda amerikalik kardiolog Evelina Greyver ma'lum qildi. 

“Bizning organizm nafaqat kechki soatlar ovqatni hazm qilishga moslashmagan, balki biz kechasi kamroq harakat qilamiz va shu sababli iste'mol qilinuvchi energiya kaloriyalar ko‘rinishida sarflanmaydi”, deb ta'kidlab o‘tgan mutaxassis.

Greyverning ta'kidlashicha, bu moddalar almashinuvi, sirkad ritm, kortizol va insulin ishlab chiqilishiga salbiy ta'sir qiladi.

Ma'lum qilinishicha, Kolumbiya universiteti olimlari yoshi o‘rtacha 33 bo‘lgan 100 dan ko‘proq ayol ishtirokida tadqiqot o‘tkazishgan. Sinaluvchilar mutaxassislarga qanday ovqatlar yeyishga odatlanishgani va qanday vaqtda ovqatlanishlari haqida ma'lum qilishgan.

Aniqlanishicha, soat 18dan keyin ovqatlanganlar yurak-tomir tizimi muammolariga duch kelishgan. Ularda yuqori qon bosimi, vaznning yuqoriligi va qonda shakar aylanishi kuchsizlangani qayd qilingan.

Tadqiqotning ko‘rsatishicha, soat 18dan keyin qanchalik ko‘p ovqat yeyilsa, yurak salomatligi shunchalik yomonlashgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top