18:00 / 14.11.2019
0
5639
London politsiyasi 29 nafar ayolni qullikdan ozod qildi
Foto: AFP

London politsiyasi 17 kishini odam savdosida gumon qilib qo‘lga oldi, qullikda saqlanayotgan 29 nafar ruminiyalik ayol ozod qilindi. Bu haqda Skotland-Yard xabar berdi.

"Ertalab o‘tkazilgan bir nechta reydlar natijasida 17 kishi - 14 erkak va uch ayol odam savdosi bilan shug‘ullanadigan xalqaro jinoiy guruhga a'zolikda gumonlanib qo‘lga olindi. Reydlar Londonning bir nechta rayonida o‘tkazildi", - deyiladi xabarda.

Qo‘lga olinganlar "zamonaviy qullik" uchun sharoit yaratish, fohishalikni tashkil etish, giyohvand modda va qurollar bilan bog‘liq jinoyatlarda gumonlanmoqda.

"Politsiya borgan manzillarda jami 29 nafar ayol borligi aniqlandi, ularning yoshi 20 dan 40 yoshgacha. Barcha ayollar xavfsiz joyga jo‘natildi", - deyiladi xabarda.

Operatsiya Ruminiya politsiyasi, Ruminiyaning Britaniyadagi elchixonasi va Yevropol hamkorligida o‘tkazilgani aytilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top