17:32 / 14.11.2019
0
11815

Lukashenko: Belarus – Rossiyaning oyog‘iga osilgan tosh emas

Foto: Viktor Tolochko

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko belaruslar rossiyaliklar uchun "oyoqqa osilgan tosh" va "boqimanda" emasligini aytdi.

Belarus prezidenti matbuot xizmatining bildirishicha, Lukashenko respublika xavfsizlik kengashi kotibi Stanislav Zas va davlat chegara qo‘mitasi raisi Anatoliy Lapponi qabul qilish chog‘ida ana shunday bayonot bergan. 

"Bizga doim tanbeh berishadi: "Biz Belarusni deyarli boqyapmiz. Biz unga dotatsiya bermasak, qaramasak, u parchalanib ketadi". Chegaralarni hamkorlikda qo‘riqlash qanchaga tushayotganini hisoblab ko‘rish kerak. Ularga havo hujumidan mudofaa tizimi to‘g‘risida eslatib qo‘yish kerak: ular buni hamkorlikda qilishimiz uchun menga uzoq yalinishdi. Bugun biz Boltiqdan Qora dengizgacha Rossiya Federatsiyasi uchun ishlayapmiz. Bu ham pul va nafaqat pul. Yana baribir biz boqimandamiz", - degan Lukashenko.

Belarus rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Minsk va Moskva integratsiyani chuqurlashtirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Uning aytishicha, yuzaga keladigan barcha masalalarni "to‘plab, stol ustiga qo‘yish kerak va rossiyalik og‘alar, ko‘ring, biz sizlar uchun qanday xizmatlar qilyapmiz va bu arzonga tushmayapti" deb ko‘rsatish kerak.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top