13:42 / 15.11.2019
0
5202

Qator avtobus yo‘nalishlari harakatiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritildi

Toshkentda qator avtobus yo‘nalishlari harakatiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, poytaxt metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqichi qurilishi doirasida yer osti o‘tish yo‘lini barpo etish ishlari olib borilyapti.

Shu munosabat bilan Yunusobod tumanidagi Ahmad Donish ko‘chasining Yunusota va Husayniy ko‘chalari oralig‘idagi qismi 2019 yilning 15 noyabridan 22 noyabr kuniga qadar vaqtincha yopilishi xabar qilingandi.

"Toshshahartransxizmat" AJ tarkibidagi avtokorxonalarga biriktirilgan 5, 52, 60, 72, 82, 91, 96, 97, 140, 149, 152, 190-sonli avtobus yo‘nalishlari harakatiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top