09:56 / 15.11.2019
0
11966

Xitoylik tuni bilan smartfonda o‘ynagandan keyin bir ko‘zi ko‘rmay qoldi

Foto: Depositphotos

Xitoyning Shenchjen shahrida yashovchi erkak tuni bilan smartfonda o‘yin o‘ynagandan keyin bir ko‘ziga ko‘r bo‘lib qoldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi. 

Ma'lum bo‘lishicha, erkakning zo‘riqish oqibatida chap ko‘zidagi tomir yorilib ketgan va shu sababli ko‘ziga qon quyilgan.

Ta'kidlanishicha, bunday holat ko‘pincha jismoniy zo‘riqish oqibatida yuz beradi.

Jabrlanuvchi operatsiya qilingan. Shifokorlarning ta'kidlashicha, uning ko‘rish qobiliyati bir oydan keyin tiklanishi kerak.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top