18:18 / 16.11.2019
0
6821
Bloomberg milliarderlar reytingida Bill Geyts yetakchi bo‘ldi

«Maykrosoft» kompaniyasi asoschisi Bill Geyts Bloomberg Billionaires Index reytingida birinchi pog‘onadan joy oldi.

Foto: Reuters

Ayni vaqtda Geytsning boyligi 110 mlrd dollar deb baholanmoqda, Amazon asoschisi Jyeff Bezosning boyligi esa 109 mlrd dollar.

Jahonning eng yirik milliarderlari beshligiga, shuningdek Louis Vuitton Moët Hennessy prezidenti Bernar Arno ($103 mlrd), investor Uorren Baffett ($86,6 mlrd) va Facebook asoschisi Mark Tsukerberg ($74,5 mlrd) kirdi.

Bezos Forbes talqiniga ko‘ra, 2017 yil natijalari bo‘yicha birinchi o‘ringa joylashgandi. O‘shanda u reyting yetakchisi Geytsni ikkinchi o‘ringa tushirib yuborgan va boyligi 100 mlrd dollarga yetgan birinchi biznesmenga aylangandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top