21:06 / 16.11.2019
0
7519

Cho‘lquvar va Shimoliy Qultak konlaridagi ikkita quduqning debiti kunlik 0 bo‘lgan hajmdan 160 ming kub.m. gacha ortdi

Epsilon va «O‘zbekneftgaz» hamkorligidagi 16 noyabr kuni olib borilgan GRP ishlaridan so‘ng Cho‘lquvar-35 hamda Shimoliy Qultak-1 quduqlaridan gazning sanoat oqimi olindi.

GRP ishlari yakunlangach, Cho‘lquvar-35 qudug‘idan olinayotgan gazning kunlik debit hajmi 0 dan 60 ming kub.m. gacha ko‘tarildi.

Shuningdek, Shimoliy Qultak-1 qudug‘idan ham GRP ishlaridan so‘ng, gazning kunlik debit hajmi 0 dan 100 ming kub.m. gacha ortdi.

Ishlar tugagach, quduqlar atrofidagi tuproqqa qayta ishlov beriladi.

Kompaniya ishlar haqida ma'lumot berib boradi.

Epsilon kompaniyasi Matbuot xizmati

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top