15:04 / 16.11.2019
0
15228

IIV tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi

IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari – Jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, bu lavozimni podpolkovnik Oybek Qulbekov egalladi. U O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019 yil 16 noyabrdagi buyrug‘i bilan shu ishga o‘tkazildi.

Oybek Qulbekov bunga qadar Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top