03:56 / 16.11.2019
0
5327
Yevro-2020 saralashi. Ispaniya Maltaga javobsiz 7ta gol urdi, Italiya safarda yirik g‘alabaga erishdi
Foto: Getty Images

Yevro-2020 saralashi 9-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuvlar nihoyasiga yetdi. 

Ispaniya o‘z maydonida Malta terma jamoasini qabul qilib, 7:0 hisobida yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Bosniya va Gersegovina maydoniga tashrif buyurgan Italiya mezbonlar darvozasiga javobsiz 3ta gol urib, ishonchli g‘alabaga erishdi. 

Daniya terma jamoasi ham o‘z raqibi Gibraltar darvozasiga javobsiz 6ta gol urgan bo‘lsa, Shveytsariya o‘z maydonida Gruziyani kichik farq bilan, Shvetsiya esa safarda Ruminiyani 0:2 hisobida mag‘lub etdi. 

Ispaniya – Malta 7:0 (2:0, 5:0)
Gollar: 1:0 – 23 Morata, 2:0 – 41 Kasorla, 3:0 – 62 Pau Torres, 4:0 – 63 Sarabiya, 5:0 – 69 Olmo, 6:0 – 71 Jyerar Moreno, 7:0 – 85 Navas.
Ispaniya – Lopes, Albiol, Bernat, Ramos (Pau Torres, 61), Navas, Rodri Ernandes, Kasorla (Pako Alkaser, 53), Alkantara, Sarabiya, Morata (Olmo, 66), Jyerar Moreno.
Malta – Bonello, Pizani (Grech, 76), Karuana, Adjius, Payber, Muskat, Vella, Korbalan (Mikallef, 33), Nvoko, Mbong, Muskat (Karuana, 63).

Bosniya va Gersegovina – Italiya 0:3
Gollar: 0:1 – 21 Acherbi, 0:2 – 37 Insine, 0:3 – 52 Belotti.
Bosniya va Gersegovina – Shexich, Kolashinats, Kovachevich, Bichakchich, Kvrjich, Tsimirot, Beshich (Sarich, 61), Vishcha (Xodjich, 61), Pyanich (Yayalo, 77), Krunich, Djyeko.
Italiya – Donnarumma (Gollini, 88), Florensi, Acherbi, Emerson, Bonuchchi, Tonali, Barella, Bernardeski (El-Shaaravi, 75), Jorjino, Insine (Kastrovilli, 86), Belotti.
Ogohlantirishlar: Bernardeski (25), Bonuchchi (65), Kovachevich (79).

Shveytsariya – Gruziya 1:0
Gol: 1:0 – 77 Itten.

Daniya – Gibraltar 6:0 (1:0, 5:0)
Gollar: 1:0 – 12 Skov, 2:0 – 47 Gyutkyayer, 3:0 – 51 Breytueyt, 4:0 – 64 Skov, 5:0 – 85 Eriksen, 6:0 – 90 Eriksen.

Ruminiya – Shvetsiya 0:2 (0:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 18 Berg, 0:2 – 34 Kvayson.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top