14:50 / 17.11.2019
0
2632
AQSh va Janubiy Koreya hamkorlikdagi harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish muddatini ortga surdi
Foto: REUTERS

AQSh va Janubiy Koreya KXDR bilan munosabatlar yaxshilanishi uchun hamkorlikdagi Vigilant Ace harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish muddatini ortga surishga qaror qildi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar bermoqda.

Bu haqda Amerika va Janubiy Koreya mudofaa vazirlari Mark Esper va Son Yon Mu ASeAN davlatlari mudofaa vazirlarining Bangkokdagi yig‘ilishida ma'lum qildi. Ular bu qarorni Shimoliy Koreya bilan diplomatik jarayonlarni davom ettirish niyati bilan izohlashdi. Mashg‘ulotlarning yangi muddati hozircha belgilanmadi.

Associated Press agentligining qayd etishicha, Esper Janubiy Koreya hukumati bilan maslahatlashuvlar olib borganida mashg‘ulotlarning ortga surilishi to‘g‘risida hech qanday gap bo‘lmagan. Bundan tashqari, u AQSh Koreya yarim orolida jangovar tayyorgarlik holatini kuchaytirishini bildirgandi.

KXDR Janubiy Koreya va AQShning bo‘lajak harbiy mashg‘ulotlarini bir necha bor tanqid ostiga olgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top