08:40 / 17.11.2019
0
32018

Qozog‘istonlik erkak 60 ta jip hamrohligida shahar aylanib yurdi (video)

Qozog‘istonning Uralsk shahrida yashovchi erkak 60 ta jip yollab, ular hamrohligida shahar aylanib yurdi. Bu haqda Tengrinews.kz nashri xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, Toyota Prado, Gelendwagen, Lexus markasidagi yo‘ltanlamaslar mikrotumanlardan birida to‘xtatilgan. Shahar politsiyasi boshlig‘i Mirlan Aykenovning ta'kidlashicha, 20 ta jip politsiya boshqarmasiga yetkazilgan.

Ma'lum qilinishicha, jiplarni yollagan erkak tezkor-profilaktik tadbirlar doirasida ushlanib, politsiya boshqarmasiga yetkazilgan. U avval bir necha marta sudlangan bo‘lgan. Ayni vaqtda uning sodir etilgan jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top