00:07 / 17.11.2019
0
10349
Yevro-2020 saralashi. Belgiya Rossiyaga master-klass o‘tdi, Uels Ozarbayjonda g‘alaba qozondi

Yevro-2020 saralashi 9-turidan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar yakunlandi.

I guruh yetakchilari o‘rtasidagi bahsda Belgiya Rossiya maydonida yirik hisobda g‘alaba qozondi. Shu tariqa Belgiya 1-o‘rin bilan, Rossiya 2-o‘rin bilan Yevropa chempionatiga yo‘l olishi ma'lum bo‘ldi.

Ye guruhida Uels safarda Ozarbayjon ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi va final bosqichiga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi.

Yevro-2020 saralashi, I guruhi

Rossiya – Belgiya 1:4

16 noyabr, «Gazprom Arena»
Gollar: Jikiya (79) – Torgan Azar (19), Eden Azar (33, 40), Lukaku (72).
Rossiya: Gilerme, Jikiya, Semyonov, Petrov, Jirkov (Bakayev, 50), Zobnin (Kuzyayev, 62), Ozdoyev, Miranchuk, Ionov, Fernandes, Dzyuba (Komlichenko, 81). 
Belgiya: Kurtua, Vermalen (Denayyer, 67), Boyata, Alderveyreld, Kastan, Vitsel, de Bryuyne, Torgan Azar, Eden Azar, Lukaku (Batshuayi, 77), Mertens (Tilemans, 52).
Ogohlantirish: Petrov (3).

San-Marino – Qozog‘iston 1:3
Gollar: Berardi (79) – Zaynutdinov (6), Suyumbayev (22), Shetkin (26).

Kipr – Shotlandiya 1:2
Gollar: Efrem (47) – Kristi (12), Makginn (53).

Ye guruhi

Ozarbayjon – Uels 0:2
Gollar: Mur (10), Uilson (34).

G guruhi

Sloveniya – Latviya 1:0
Gol: Tarasov (53, avtogol).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top