03:00 / 17.11.2019
0
6382

Yevro-2020 saralashi. Germaniya, Niderlandiya, Xorvatiya va Avstriya Yevropa chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Foto: DPA

Yevro-2020 saralashining bugungi o‘yinlaridan so‘ng qita chempionatining final bosqichiga chiqqan yana 4 jamoaning nomi ma'lum bo‘ldi.

S guruhida Germaniya va Niderlandiya, Ye guruhida Xorvatiya, G guruxida esa Avstriya Yevropa chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan navbatdagi jamoalarga aylanishdi. Shu tariqa Yevroda o‘ynashi kerak bo‘lgan 24ta jamoadan 16tasi ma'lum bo‘ldi.

Yevro-2020 saralashi, 16 noyabr

S guruhi

Germaniya – Belarus 4:0
Gollar: Ginter (41), Goretska (49), Kroos (55, 83).
Amalga oshirilmagan penalti: Stasevich (75).
Germaniya: Noyyer, Kimmix, Ginter, Klostermann, Shuls, Gnabri (Valdshmidt 84, Rudi 90+1), Kroos, Goretska, Gyundogan, Kox, Verner (Brandt, 68). 
Belarus: Gutor, Polyakov, Matveychik, Martinovich, Naumov, Kovalyov (Skavish, 78), Mayevskiy, Nexaychik (Bessmertniy, 84), Dragun, Stasevich, Laptev (Lisakovich, 68).
Ogohlantirish: Kox (75).

Shimoliy Irlandiya – Niderlandiya 0:0
Amalga oshirilmagan penalti: Devis (32).
Shimoliy Irlandiya: Pikok-Farrell, Lyuis (Tompson, 81), Ketkart, Evans, Sevill (Smit, 58), Evans (Makginn, 70), Devis, Makneyr, Dallas, Uayt, Madjyennis. 
Niderlandiya: Sillessen, Veltman, de Ligt, Blind, van Deyk, Bergeys (de Yong, 65), de Yong, Promes, van de Bek, Babel, de Ron (Propper, 36).
Ogohlantirishlar: de Ron (11), Veltman (30), Devis (40), Dallas (84).

Ye guruhi

Xorvatiya – Slovakiya 3:1
Gollar: Vlashich (56), Petkovich (60), Perishich (74) – Bojyenik (32). 

G guruhi

Avstriya – Makedoniya 2:1
Gollar: Alaba (7), Layner (48) – Stoyanovski (90+3).

Isroil – Polsha 1:2
Gollar: Dabbur (88) – Krixovyak (4), Piontek (54).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top