13:49 / 18.11.2019
0
13361

Farg‘ona viloyatida gaz sizib chiqishi natijasida portlash sodir bo‘ldi

Foto: Tergov departamenti

Farg‘ona viloyatida gaz to‘planib, sizib chiqishi natijasida portlash sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, dastlabki ma'lumotga asosan hodisa oqibatida bir nafar shaxs jarohat olgan.

Voqea bugun, 18 noyabr kuni soat taxminan 12:00da Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani X.Olimjon mahallasidagi ikki qavatli uylarning birida ro‘y bergan.

Qayd etilishicha, gaz to‘planib chaqnashi natijasida portlash sodir bo‘lgan. Oqibatda 1 nafar fuqaro - I.X. jarohat olgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyiga zudlik bilan yetib borgan tergov tezkor guruhi ishlamoqda.

Holat bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot berilishi aytiladi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top