09:28 / 18.11.2019
3
42194

O‘zbekiston avtomobillar ishlab chiqarishni oshirdi

Foto: Askar Yakubov

Davlat statistika qo‘mitasi yanvar-oktabr oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi haqida ma'lumot berdi.

Xususan, yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 41,8 foizga oshgan. 2018 yilning shu davrida 154 381 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019 yilda - 218 912 ming dona.

Yuk avtomobillarini ishlab chiqarish esa 31,8 foizga ortdi. 2018 yilda - 3 370 dona, 2019 yilda - 4 440.

Avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish 43,3 foizga oshdi. 2018 yilda 115,3 dona dvigatel chiqarilgan bo‘lsa, 2019 yilda - 165,3.

2019 yil yanvar-oktabr oylarida traktor ishlab chiqarish hajmi 1 194 donani tashkil etdi (2018 yilda - 2 710).

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top