16:12 / 18.11.2019
0
5925

O‘zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi ochildi

Poytaxtimizdagi «O‘zekspomarkaz» markaziy ko‘rgazmalar majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari, Savdo-sanoat palatasi hamda qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ushbu nufuzli tadbirda 650 sanoat korxonasi 2 ming 275 turdagi mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda. Unda bugungi kunda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlari va xillari, import o‘rnini bosish maqsadida amalga oshirilayotgan loyihalar namoyish etildi.

E'tiborlisi, mazkur nufuzli anjumanda «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi uchun alohida stend ajratilgan bo‘lib, unda uyushmaga a'zo 50 dan ortiq korxonalar 200 xildagi o‘z mahsulotlari bilan qatnashdi.

Sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan pardozbop toshlar, import o‘rnini bosuvchi linoleum, keramik plitkalar, gul qog‘ozlar (oboy), santexnika mahsulotlariga qiziqish juda katta bo‘lmoqda.   

Ma'lumot o‘rnida, joriy yilning 22 noyabriga qadar davom etadigan ushbu tadbir doirasida bir qator uchrashuv va muzokaralar ham bo‘lib o‘tadi.

«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi Matbuot xizmati

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top