12:47 / 18.11.2019
0
11192

O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylari tog‘larda qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston Qurolli kuchlari tog‘ bo‘linmalarining birgalikdagi mashg‘ulotlari O‘zbekiston hududidagi maxsus operatsiya kuchlari departamenti boshchiligida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Kazinform» Qozog‘iston Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.

Mashg‘ulotlarga Qozog‘iston armiyasidan Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy armiya sport klubining Tog‘li tayyorgarlik o‘quv markazining harbiy xizmatchilari jalb qilingan.

«Forish» tog‘ poligonida ikki mamlakat bo‘linmalari tog‘dagi mashg‘ulotlarni tashkil etish, balandlik texnikalari, maxsus va yong‘in tayyorgarligi, toqqa chiqish kabi nazariy masalalarni ishlab chiqdilar.

Murakkab tog‘ landshaftlari sharoitida ko‘pincha qiyinchilik tug‘diradigan holat - yaradorlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va evakuatsiya qilishga alohida e'tibor qaratildi. Ikki mamlakat harbiylari hamkorlikda ishlash tajribasiga ega ekani aytiladi.

O‘tgan yilning dekabr oyida tog‘ bo‘linmalari O‘zbekiston tog‘laridagi ayni shu poligonda mashg‘ulotlar o‘tkazgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top