14:46 / 18.11.2019
0
20696

Samarqand shahrida ikki nafar ishchi tuproq bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldi

Foto: postda.uz

Joriy yilning 13 noyabr kuni soat 12:30larda Samarqand shahri «Bog‘imirzo» mahalla fuqarolar yig‘ini Xishrav ko‘chasida baxsiz hodisa yuz berdi. 

«Postda» nashrining yozishicha, bu yerda yollanma ishchi sifatida jalb etilgan N. R. va P. D. suvoqava quvurida ta'mirlash ishlarini olib borayotgan bo‘lgan. Kutilmaganda ularni tuproq bosib qolgan. 

Natijada N. R. va P. D. voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. Jasadlar sud-tibbiy ekspertizasiga yuborilgan.

Ayni paytda surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top