15:31 / 18.11.2019
0
12084

Toshkentda yana ikkita avtobus yo‘nalishi o‘zgardi

Foto: Toshshahartransxizmat

“Toshshahartransxizmat” tasarrufidagi avtobus yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish, aholi talabidan kelib chiqib ularga o‘zgartirishlar kiritish, shu orqali serqatnov yo‘llarda yuzaga kelayotgan tirbandliklarning oldini olish ishlari davom etmoqda.

Yaqinda ana shu maqsadda 57- ,84-,122-avtobus yo‘nalishlarining harakat yo‘liga o‘zgartirishlar kiritilgan edi.

Talab va takliflardan kelib chiqib, 7-avtobus saroyi tasarrufidagi 13- hamda 34-yo‘nalishlarning ham qatnov oralig‘i o‘zgartirildi.

13-“Izza mavzesi — Toshkent MUM” yo‘nalishida qatnovchi avtobuslar endilikda Izza shohbekatidan Izza va TXAY ko‘chalari orqali “Karvon bozori”ga qadar boradi. Avtobuslarning ortga qaytishi esa Toshkent halqa avtomobil yo‘li va “Samar Bonu” ko‘chalari chorrahasi orqali davom etadi.

34-“To‘qimachilik kombinati — Shifokorlar shaharchasi” yo‘nalishiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra avtobuslarning to‘g‘ri yo‘nalishidagi harakati Beruniy ko‘chasidan Forobiy, M.G‘olib, Qamarniso ko‘chalari orqali o‘tishi belgilandi. Qaytishda esa Qamarniso, Talabalar, Farobiy hamda Beruniy ko‘chalari orqali o‘tib o‘z yo‘nalishida davom etadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top