18:48 / 19.11.2019
0
11406
Reklama

«ABC Kids» bolalar bog‘chasi – kichik insonlarga katta imkoniyatlar!

Har bir ota-onaning hayotida kuni kelib farzandini bolalar bog‘chasiga berish vaqti keladi. Lekin bunga ko‘nikish oson emas: ko‘pchilik bunday maskanlar haqida gap ketganida, o‘zining bolalik paytidagi yoqimsiz xotiralarni yodga oladi.  Bolalar ko‘p vaqtini o‘zi bilan o‘zi o‘tkazgan, bunday holat esa zamonaviy ota-onalarni ko‘proq xavotirga soladi. Xayriyatki, hozirda xususiy bolalar bog‘chalari – davlat idoralarning ajoyib muqobili mavjud.

Bog‘cha qidirayotganlarga yaxshi yangilik: ota-onalarning barcha talablariga javob beradigan ajoyib joy ochildi. Qulay muhit, mehribon va professional tarbiyachilar,  zamonaviy jihozlangan va xavfsiz muassasa – bular sizlarni «ABC Kids» bolalar bog‘chamizda kutayotgan narsalarning qisqacha ro‘yxati. Biz sizning bolangizni aynan shu yerga olib kelishga bo‘lgan ishonchingiz va tilagingizni oqlash uchun astoydil harakat qildik.

12 yoshgacha olingan bor-yo‘g‘i 1 ko‘nikma farzandingiz kelajagini o‘zgartirishga qodir

Aniq faktdan boshlaymiz. Ko‘p hollarda bizlarni insonlarning faqatgina 5 foizi o‘z hayotida ahamiyatli muvaffaqiyatlarga erishishi hayron qoldiradi. Qolgan 95 foizi bu haqida shunchaki orzu qilib, chetda qolib ketaveradi.

Nima uchun bunday bo‘ladi? Farzandlarimiz uchun ushbu statistikani o‘zgartira olamizmi? Fan tomonidan tasdiqlangan: muvaffaqiyatga erishish qobiliyati miyaning o‘ng va chap yarim sharlarining uyg‘un rivojlanishiga bog‘liq. Afsuski, dunyo aholisining ko‘p qismida chap yarim sharning rivojlanishi o‘ng shardan sezilarli darajada ustunlik qiladi. Boshqacha qilib aytganda, mantiqiy fikrlash yaxshi rivojlanadi. Biroq ijodiy – sezgirlik, to‘g‘ri yo‘l va hatti-harakatlarni tanlash – yomon ishlaydi.

Demak, agarda o‘ng yarim sharni chap tomonning darajasigacha rivojlantira olsak, muvaffaqiyatga erishish qobiliyatini shakllantira olamizmi?

Qaysidir ma'noda – ha. Ammo bu yerda kattalar emas, 5-12 yoshdagi bolalar jiddiyroq natijalarga erishishadi. Aynan shu yoshda miya anchayin moslashuvchan hisoblanadi. Shu sababli bizning metodikamiz aynan bolalar uchun maxsus ishlab chiqilgan.

«Aqliy arifmetika» nima degani?

Bu arifmetik hisob-kitoblar yordamida hisoblar (abak, soroban)da aqliy qobiliyatlarni rivojlantirish uchun yuqori samaradorlikka ega dastur:

  • 4 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga to‘g‘ri keladi;
  • mustaqillik, tashabbuskorlik, o‘zini tanqidiy baholash qobiliyatlarini rivojlantiradi;
  • dunyoning 52 mamlakatlarida qo‘llaniladi (AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Avstriya, Ispaniya, Avstraliya, Yaponiya, Malayziya, Tayland, Xitoy va boshqalar).

Tashrif buyuring, sinov darslariga yoziling va o‘z ko‘zingiz bilan guvoh bo‘ling! 

Maktabga ilg‘or tayyorgarlik

Bolani maktabga tayyorlash bo‘yicha intensiv dastur.  U o‘z ichiga umumiy rivojlanish tadbirlari va maqsadli ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha darslarni ham oladi: matematika, yozma, o‘qish bo‘yicha ko‘nikmalar va boshqalar.

Dastur 5 yoshdan 6 yoshgacha bolalar uchun tuzilgan. U o‘z ichiga quyidagi rivojlanish ko‘nikmalarini oladi:

  • O‘qish: grammatika va imlo;
  • Matematika: sonlar, miqdorlar bilan ishlash, sonning miqdoriy va grafik tasvirini bilish, oddiy misol va masalalarni yechish, fazoviy tafakkurni rivojlantirish;
  • Intellektual o‘yinlar yordamida mantiqiy fikrlash, e'tibor, xotirani rivojlantirish;
  • Nutq: logoped mashqlari, lug‘at boyligini kengaytirish uchun o‘yinlar, nutq e'tiborini shakllantirish, qayta so‘zlab berishga o‘rgatish;
  • Zukkolik: atrofdagi olam haqida ensiklopedik bilimlarni yetkazish;
  • Husnixat;
  • Fonetik ritm;
  • Mashg‘ulotlarga shuningdek, samarador faoliyat turlarini o‘z ichiga olgan modullar ham kiritilgan;

«ABC Kids» mini bolalar bog‘chasida farzandingiz o‘z tengdoshlari bilan nafaqat muloqot qilish va o‘ynash, balki maktabgacha bolalik davrlarida har tomonlama rivojlanish imkoniga ham ega bo‘ladi. Farzandlaringizni quvonch va qiziqishlar olamiga olib keling!

Asosiy ish grafigi: soat 8.00 dan 18.00 gacha, shanba va yakshanba – dam olish kunlari.

Bizning manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Xirmontepa 3 (Nikitina), 6-uy.

Mo‘ljal: «Buyuk Ipak yo‘li» metro bekati.

Murojaat uchun telefon: +99899 827 08 88

Shoshiling, joylar soni cheklangan!

Telegram: t.me/abckidsuzb

Instagram: @abckidsuzb

Facebook: fb.com/abckidsuzb

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top