22:03 / 19.11.2019
0
11382
Afg‘oniston prezidenti mamlakatda IShID tugatilganini ma'lum qildi

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani hukumat mamlakatda in qurib olgan IShID terrorchilik guruhiga barham berganini ma'lum qildi. Bu haqda 1TV telekanali xabar berdi.

"Biz IShIDga barham berdik", - deb e'lon qildi G‘ani Nangarhor viloyatidagi chiqishida. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, IShID ustidan g‘alaba "nafaqat Afg‘oniston, balki butun mintaqa uchun muhim ahamiyatga ega muvaffaqiyat hisoblanadi". Ashraf G‘ani viloyat aholisiga jangarilarga qarshi kurashgani va hukumat kuchlarini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi. 

Ma'lumot berilishicha,keyingi bir necha hafta davomida Nangarhor viloyati hududida 800dan ortiq jangarilar va ularning oila a'zolari qurollarini topshirib taslim bo‘lgan. Ular orasida Pokiston, Eron va boshqa davlatlar fuqarolari bor.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top