19:41 / 19.11.2019
0
12536

Dunyoning eng kuchli superkompyuterlari reytingi e'lon qilindi 

Dunyoning eng kuchli superkompyuterlarining yangi reytingi e'lon qilindi.  

Unga ko‘ra, reytingning birinchi ikkita o‘rnini AQShning Summit va Sierra superkompyuterlari egallamoqda. Ularning unumdorligi mos ravishda 148,6 va 94,6 petaflopsni (bir petaflops = bir soniyada suzib yuruvchi vergul bilan 1000 trlnta operatsiya) tashkil qiladi. 

3- va 4-o‘rinlarni Xitoyning Sunway TaihuLight va Tianhe-2A (93 va 61,4 petaflops), 5-o‘rinni AQShning Frontera (23,5 petaflops) superkompyuterlaril egallagan. Eng kuchli superkompyuterlar yetakchi o‘ntaligiga shuningdek AQShning yana 2 ta va Shveytsariya, Yaponiya va Germaniyaning bittadan superkompyuteri kirgan. Ularning unumdorligi 18,2 dan 21,2 petaflopsgachani tashkil qiladi. Shu tariqa, ta'kidlanishicha, reytingning yetakchi o‘ntaligida iyundan beri o‘zgarish bo‘lmagan. 

Reytingga hammasi bo‘lib 500 ta superkompyuter kiritilgan bo‘lib, ularning soni bo‘yicha Xitoy yetakchilik qilmoqda – 228 ta. Keyingi o‘rinlarni AQSh (117), Yaponiya (29), Fransiya (18), Germaniya (16) va Buyuk Britaniya (11) egallagan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top