20:24 / 19.11.2019
0
18494
Messi afsonaviy Pelening natijasini qaytara oldi

Argentina va Urugvay terma jamoalari Isroilning Tel-Aviv shahrida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. E'tiborlisi, Lionel Messi o‘yin oxirida penaltidan gol urib, afsonaviy Peledan keyin o‘z terma jamoasi uchun 70 ta gol urgan ikkinchi janubiy amerikalik futbolchi bo‘ldi.

Bugungi kungacha bu natija Pelega tegishli bo‘lgan. Afsonaviy futbolchi Braziliya terma jamoasi uchun hammasi bo‘lib 77 ta gol urgan.

Argentina uchun Messidan keyin eng ko‘p gol urgan futbolchi Serxio Aguero hisoblanadi. Hozirda uning hisobida terma jamoa uchun urilgan 42 ta gol bor.

Umuman olganda, o‘z milliy terma jamoasi uchun eng ko‘p gol urish bo‘yicha rekord eronlik Ali Daiga tegishli bo‘lib, u terma jamoa safida 109 ta golga mualliflik qilgan. Bu borada 2-o‘rinni portugaliyalik Krishtianu Ronaldu 99 ta gol bilan egallamoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top