19 noyabr, seshanba kuni Osiyo bo‘ylab JCh-2022ning saralash bosqichi doirasidagi 6-tur uchrashuvlari o‘tkazildi.
Ikkinchi davraning dastlabki turi barcha guruhlardagi peshqadamlik va 2-o‘rin uchun kurash olib borayotgan terma jamoalar uchun juda muhim edi.
“A” guruhida yaqqol peshqadam bo‘lib olgan Suriya terma jamoasi Filippin terma jamoasi ustidan g‘alabaga erishib, ochkolar sonini 15 taga yetkazdi va amalda hal qiluvchi bosqich masalasini hal etdi.
“D” guruhida O‘zbekiston Falastinni mag‘lub etgan bo‘lsa, guruhimizdagi ikkinchi uchrashuvda Yaman Singapurga mag‘lubiyatga uchradi.
“F” guruhida Markaziy Osiyo derbisi kuzatildi. Qo‘shni mamlakatlar – Qirg‘iziston hamda Tojikiston o‘zaro Bishkekda uchrashishdi. Ikki jamoa uchun ham muhim bo‘lgan o‘yinda guruhda 2-o‘rin masalasiga oydinlik kiritilishi mumkin edi. Uchrashuvda hisobni tojikistonliklar ochgan bo‘lishsa-da, qirg‘izistonliklar o‘yin yakunida gol urib, mag‘lubiyatdan qutilishdi.
“H” guruhida Turkmaniston terma jamoasi Shri-Lankani mag‘lub etib, ochkolar sonini 9taga yetkazdi va guruhida Janubiy Koreyani ortda qoldirdi.
Ushbu turda Xitoy, Avstraliya, Eron, Saudiya Arabistoni, Yaponiya, BAA va Janubiy Koreya singari kuchli terma jamoalar dam olishdi. 7-tur o‘yinlari 2020 yilning 26 mart kuni o‘tkaziladi.
JCh-2022. Saralash. Osiyo. 6-tur.
19 noyabr (seshanba)
“A” guruhi
Suriya – Filippin – 1:0
Maldiv – Guam - 3:1
“B” guruhi
Nepal – Kuvayt - 0:1
Iordaniya – Xitoy Taypeyi - 5:0
“C” guruhi
Gonkong – Kambodja - 2:0
Iroq – Bahrayn - 0:0
“D” guruhi
O‘zbekiston – Falastin - 2:0
Yaman – Singapur - 1:2
Gollar: Nossir 85 - Ehson Fandi 19, Hofiz Nur 52.
“E” guruhi
Afg‘oniston – Qatar – 0:1
Ummon – Hindiston - 1:0
“F” guruhi
Qirg‘iziston – Tojikiston - 1:1
Gollar: Kozubayev 84 – J.Ergashev 17.
Myanma – Mo‘g‘uliston - 1:0
“G” guruhi
Malayziya – Indoneziya - 2:0
Vetnam – Tailand - 0:0
“H” guruhi
Turkmaniston – Shri-Lanka – 2:0
Livan – Shimoliy Koreya