21:14 / 19.11.2019
0
6468

Rossiyaliklarning O‘zbekistondagi xarajatlari bir yil ichida 50 million dollarga o‘sdi

O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilgan rossiyaliklar joriy yilning 10 oyi ichida 250 million dollar sarflashdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 50 million dollarga ko‘pdir. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga asoslanib RIA Novosti xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 2019 yilda O‘zbekistonga 393 mingdan ortiq Rossiya fuqarolari tashrif buyurgan.

Chiptalarni onlayn-bronlash bo‘yicha yetakchi servislarda ham O‘zbekistonga qiziqish oshgani kuzatilmoqda.

Sayohatchilar asosan Toshkent va Samarqandga kelishadi. Ekspertlarning qayd etishicha, sayyohlar bu shaharlardan boshqa viloyatlarga yo‘l olishadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top