19:45 / 19.11.2019
0
11441

Shvetsiya Julian Assanjga qarshi tergovni to‘xtatdi

Shvetsiya prokuraturasi WikiLeaks asoschisi Julian Assanjga qarshi jinoiy ishni yopdi. Bu haqda WikiLeaks Twitter’da ma'lum qildi. 

Stokholmda tushuntirilishicha, tergov Assanjga nomusga tegish bo‘yicha qo‘yilayotgan ayblovlar uchun isbotlar yetarlicha emasligi sababli to‘xtatilgan.

Assanjga qarshi ish uni zo‘rlashda ayblagan ayollar da'volaridan keyin ochilgan. Shu bilan birga, Britaniyadagi turmada hibsda ushlab turilgan Assanj AQShga ekstraditsiya qilinishi va u yerda maxfiy ma'lumotlarni oshkor qilgani uchun umrbod ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Avvalroq London sudi Assanjni ozodlikka chiqarishni rad etgandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top