03:12 / 20.11.2019
0
14385

Boeing 737 dunyodagi eng ko‘p sotiluvchi samolyot nomini asosiy raqobatchisiga boy berdi

Foto: Getty Images

Boeing 737 samolyoti dunyodagi eng ko‘p sotiluvchi samolyot nomini raqobatchi kompaniya Airbus’ning A320 samolyotiga boy berdi. Bu haqda AQSh kompaniyasi hisobotiga asoslanib Business Insider nashri xabar berdi. 

Ta'kidlanishicha, oktabr oxiriga kelib turli modifikatsiyadagi Boeing 737’ga 15 ming 136 ta buyurtma, Airbus A320 qatoridagi modellarga 15 ming 193 ta buyurtma olingan. Airbus oxirgi yillar davomida raqobatchisiga yetib olishga uringan va tavofut A320 neo modeli taqdimotidan keyin ayniqsa qisqargan. Shunga qaramay, 2018 yil oxirida A320 samolyotlari Boeing 737’dan 400 ta buyurtma ortda qolgan.

Ma'lum qilinishicha, Boeing uchun bunday salbiy vaziyat Boeing 737 MAX 8 samolyotlari uchragan ikki halokat bilan bog‘langan. 2019 yil 10 mart kuni Efiopiyada Ethiopian Airlines aviakompaniyasining va 2018 yil 29 oktyabrda Indoneziyada Lion Air aviakompaniyasining Boeing 737 MAX 8  samolyotlari qulagandi. Ikkala aviahalokatda umumiy hisobda 346 kishi halok bo‘lgan. Shunday keyin ko‘plab davlatlar xavfsizlik nuqtai nazaridan ushbu seriyadagi samolyotlardan foydalanishni to‘xtatgan. 

Shu bilan birga, Business Insider’ning ta'kidlashicha, Boeing 737 modellariga buyurtmalar soni yangi yildan oshishi kutilmoqda, chunki yanvargacha ushbu samolyotlar parvoziga ruxsat beradigan sertifikat olinishi mumkin.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top