15:12 / 20.11.2019
0
8019
Milliy gvardiya garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha hamkorlikda mashg‘ulot o‘tkazdi
Foto: milliygvardiya.uz

Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi tomonidan “Temiryo‘l transportida garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha bo‘linmalarning birgalikdagi harakati” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

MV xabariga ko‘ra, mashg‘ulotda ishtirok etgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, MV, DXX va FVV hamda hamkor tashkilotlarning harbiy xizmatchi va xodimlari Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzelida garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha hamkorlikdagi maxsus vazifalarni bajarishda professional tayyorgarlikning yuqori darajasini namoyish qila oldilar.

O‘quv mashg‘ulotlar davomida jangovar bo‘linmalar ommaviy tartibsizliklarning oldini olish va garovga olingan fuqarolarni ozod qilish, qurollangan jinoyatchilarni qo‘lga olish hamda portlash xavfi bo‘lgan jihozlarni zararsizlantirishga qaratilgan harakatlarni mohirona amalga oshirish bilan birga, favqulodda holatlar yuz berganda olib boriladigan hamkorlikdagi tezkor harakatlarining tartibli ekanligini sinovdan o‘tkazdilar.

Maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari yakunida har bir tuzilmaning harakatlariga baho berilib, faol ishtirokchilar taqdirlandi va kelgusidagi hamkorlik masalalari yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Foto: milliygvardiya.uz
Foto: milliygvardiya.uz
Foto: milliygvardiya.uz
Foto: milliygvardiya.uz
Foto: milliygvardiya.uz
Foto: milliygvardiya.uz
Foto: milliygvardiya.uz
Foto: milliygvardiya.uz
Foto: milliygvardiya.uz
Foto: milliygvardiya.uz
Foto: milliygvardiya.uz
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top