14:18 / 20.11.2019
2
18429

Toshkentda ikki erkak 74 yoshli ayolni 50 000 dollarga aldab ketdi

Illyustrativ foto

Joriy yilning 13 noyabr kuni Mirzo-Ulug‘bek tumani IIO FMBdan xabar kelib tushgan, deb yozmoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Unga ko‘ra, 2018 yil 6 iyun kuni 39 yoshli muqaddam sudlangan N.A. va 46 yoshli H.N. 74 yoshli M.A.ga hamkorlikda biznes qilishni va'da qilib, uy qurilishi uchun pul kerakligini ma'lum qilishgan. 

Erkaklarga ishongan ayol ularga jami 50 000 AQSh dollari bergan. Ammo N.A. va H.N. va'dalarida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborishgan. 

Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

“Hurmatli fuqarolar! Sizga “oltindan tog‘lar” va'da qilayotgan notanish kishilarga ishonishga shoshilmang. Unutmang, aksariyat hollarda firibgarlar o‘z xarajatlarini tez qoplaydigan biznes hamkorligini va'da qilib pullaringizni olishga intilishadi”, - deya eslatadi IIBB.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top