10:55 / 21.11.2019
0
3377
Deputatlar foyda solig‘ini mahalliy budjetlarda ham qoldirmoqchi

Parlament quyi palatasining barcha qo‘mitalari, siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda O‘zbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhi yig‘ilishlarida “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi keng muhokamada bobma-bob, moddama-modda ko‘rib chiqilmoqda.

Qonunchilik palatasi saytida xabar qilinishicha, qonun loyihasiga bir qator zarur o‘zgarishlar ham kiritilmoqda. Deputatlar tomonidan ilgari surilgan taklifga ko‘ra, qonun loyihasining 19-moddasiga qo‘shimcha ravishda mahalliy budjetlarga yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining bir qismi alohida yirik soliq to‘lovchilardan va O‘zbekiston Respublikasida doimiy faoliyat olib boruvchi muassasa orqali faoliyat yurituvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari, shuningdek, to‘lov manbasida ushlab qolinadigan norezidentlar daromadlaridan tashqari, 50 foizini qoldirish normasini kiritish taklif etilmoqda.

Bildirilishicha, bu mahalliy hokimliklar tomonidan yangi korxonalarni tashkil etish hamda iqtisodiyotni rivojlantirish orqali soliqqa tortish bazasini kengaytirishga va budjetga tushadigan tushumlarni ko‘paytirishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshiradi.

Ta'kidlanishicha, qonun loyihasini pishitish jarayonida deputatlar tomonidan ko‘tarilgan bu kabi taklif va mulohazalarning aksariyati inobatga olinmoqda.

DSQ foyda solig‘i bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan va undirilgan soliqlar sababini ma'lum qildi

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top