00:36 / 21.11.2019
0
3154
O‘zbekistonga Malining yangi elchisi keldi
Foto: TIV

20 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Mali Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Moskva shahrida) Tiefing Konateni qabul qildi.

Vazir elchining ishonch yorliqlarini qabul qilib, uni yuqori va mas'uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklagan va unga faoliyatida muvaffaqiyat tilab qolgan.

Suhbat davomida hamkorlikni turli shakllarda, xususan, BMT va Islom hamkorlik tashkiloti doirasida rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan, ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy asoslarini yaratish bo‘yicha birgalikda ishlashdan manfaatdorlik izhor etilgan.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top