09:00 / 22.11.2019
26463
Reklama

24 yoshgacha bo‘lgan abituriyentlar 2020 yildan Xitoy universitetlarida grant asosida o‘qishlari mumkin!

O‘zbekistonning barcha hududlaridan, 17 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan abituriyentlar, hech qanday kirish imtihonlarisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xitoyning nufuzli universitetlariga 100 foizgacha grant asosida bakalavr darajasiga o‘qishga qabul qilinishlari mumkin.

Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan ta’lim grantlari ajratilgan yo‘nalishlar:

  • Xitoy tili va adabiyoti;
  • Iqtisodiyot;
  • Moliya menejmenti;
  • Biznes boshqaruvi;
  • Marketing;
  • Buxgalteriya;
  • Kompyuter texnologiyalari va dasturlash;
  • Industriya injyeneriyasi;
  • Mexanika injyeneriyasi;
  • Arxitektura va shaharsozlik.

Xitoyda oliy ma’lumot olish nafaqat foydali, balki nufuzlidir.

Bu bayonot bilan bahslashish qiyin, chunki o‘tgan o‘n yillikda nafaqat Xitoy iqtisodiyoti, balki ta’lim tizimi ham dunyo yetakchilari qatoridan joy oldi. Dunyoning nufuzli universitetlari qatoriga kirgan ta’lim muassasalarida o‘qish imkoniyatini yaratib berish esa China Education kompaniyasida ham mavjud!

«Chet tilini mukammal bilmasdan turib, IELTS yoki HSK sertifikatlarisiz va buni ustiga hech qanday kirish imtihonlarisiz qanday qilib grant asosida xalqaro universitet talabasi bo‘lish mumkin?», – degan savol tug‘iladi kishida.

Ha, China Education sizga bunday imkoniyatni taqdim etadi.

Xo‘sh, buning iloji bo‘lsa, bundan Xitoyga nima foyda?

Ma’lumki, Xitoy Xalq Respublikasining asosiy maqsadlaridan biri xitoy tilini jahon miqyosida keng tarqatishdir. Shuning uchun ham barcha birinchi kurs talabalaridan yil oxirida xitoy tilini bilish darajasini aniqlovchi test (HSK) olinadi.

Yana bir muhim jihati – diplom xalqaro bo‘lib, butun dunyoda amal qiladi va xohlagan talaba o‘z oliy ta’limini Markaziy Osiyodan tortib, Yevropa va Amerikada ham davom ettirishi mumkin!

Nima uchun aynan China Education?

  • Hujjatlarni tayyorlash uchun atigi 1 kun vaqt sarflaysiz;
  • Barcha xizmatlar qonun doirasida shartnoma asosida ko‘rsatiladi;
  • Viza uchun hujjatlarni malakali mutaxassislar tayyorlaydi;
  • Xitoyda kutib olish va universitetga joylashtirish kompaniya zimmasida;
  • Ota-onalar talablariga binoan o‘quvchining darsga qatnovi va baholari haqidagi ma’lumotlar kompaniya tomonidan yetkazib beriladi.

Talabalar qayerda yashashadi?

Universitet hududida xorijlik talabalar uchun maxsus yotoqxonalar tashkil etilgan bo‘lib, asosan 2-4 kishilik xonalardan iborat. Har bir xonada alohida yuvinish xonasi, har bir qavatda esa oshxona va kir yuvish xonasi mavjud.

Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan 100 foizgacha grantga ega bo‘lish talablari:

  • Bakalavr darajasiga qabul 17 yoshdan 24 yoshgacha;
  • Magistr darajasiga qabul 30 yoshgacha;
  • Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tish.

Hujjatlar 2019 yil 1 dekabrgacha qabul qilinadi, o‘qish esa 2020 yil mart oyidan boshlanadi!

 

+998 71 200 71 73

+998 99 860 71 73

+998 95 145 71 73

+998 95 340 71 73

Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 107B-uy.

Mo‘ljal: Bodomzor metro, IBC biznes markazi, A blok, 5-qavat.

Shoshiling! Biz bilan bog‘lanib hujjatlar va talablar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ling!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Telegram

Instagram

Rasmiy saytimiz: www.chinaedu.uz

Reklama huquqi asosida

Eslatma: Kun.uz sayti reklama beruvchilarning materiallarini joylashtirishdan avval uning mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni tekshiradi. Shunga qaramay, tahririyat reklamadan foydalanuvchilarga tegishli mahsulot (tovarlar, xizmatlar) dan foydalanishdan oldin reklama tarqatuvchi bilan tuziladigan shartnoma shartlarida reklama materialida aytilayotgan kafolatlarning mavjudligiga e’tibor qaratishni tavsiya etadi.

Mavzuga oid
Top