21:29 / 22.11.2019
10267

EPSILON: «O‘zbekneftgaz» bilan hamkorlikda qazib olinayotgan tabiiy gaz hajmi oshirildi

21-22 noyabr kunlari olib borilgan GRP ishlari natijasida Janubiy Tandircha va Somontepa konlaridagi uchta quduqdan gazning sanoat oqimlari olindi. Mazkur quduqlardan olinayotgan gazning umumiy kunlik debit hajmi 287 ming dan 490 ming kub.m. gacha ko‘paydi.

Janubiy Tandircha-81 qudug‘ining kunlik debiti 200 ming kub.m. gacha ortdi.

Janubiy Tandircha-49 qudug‘ining kunlik debiti 150 ming kub.m. gacha ortdi.

Somontepa-84 qudug‘ining kunlik debiti 140 ming kub.m. gacha ortdi.

Shuningdek, gaz uzatish quvurlarini qurish ishlari davom etmoqda.

O‘tgan kunlar mobaynida 1,8 ming tn (9,5 km) quvurlar keltirish uchun yuklandi; 1,9 ming tn quvurlar (12,1 km) keltirildi; 1,6 km xandaqlar kavlandi xamda 4,1 km quvurlar qatorga payvandlandi. 

22 noyabrga kelib, 18,0 ming tn quvurlar (107,6 km) keltirish uchun yuklandi; 11,9 ming tn quvurlar (72,9 km) keltirildi; 21,6 km xandaqlar kavlandi; 34,4 km quvurlar qatorga payvandlandi xamda 3,5 km quvurlar yotqizildi.

Gaz uzatish quvurlarini qurish ishlarining yakuni joriy yilning 6 dekabr kuniga belgilangan.

Kompaniya ishlarning borishi haqida ma'lumot tarqatishda davom etadi.

EPSILON kompaniyasi Matbuot xizmati

Top